Skip to content

2-modul bo'yicha vazifalar

Sonlarga doir

  1. Uzunlik L santimetrda berilgan. Undagi to'liq metrlar sonini aniqlovchi programma tuzilsin. (1m=100cm)
  2. Og'irlik M kilogrammda berilgan. Undagi to'liq tonnalar sonini aniqlovchi programma tuzilsin. (1t=1000kg)
  3. Faylning hajmi baytlarda berilgan. Bo'lib butunni olish operatsiyasidan foydalanib fayl hajmining to’liq kilobaytlarda ifodalovchi programma tuzilsin. (1Kb=1024 bayt)
  4. A va В (A > B) musbat sonlari berilgan. A kesmada, В kesmani necha marta joylashtirish mumkinligini aniqlovchi programma tuzilsin.
  5. A va В (A > B) musbat sonlar berilgan. A kesmada В kesmani necha marta joylashtirish mumkin. A kesmada В kesmaning joylashmagan qismini aniqlovchi programma tuzilsin.
  6. Ikki xonali son berilgan. Oldin uning o’nliklar xonasidagi raqamni, so'ng birlar xonasidagi raqamni chiqaruvchi programma tuzilsin.
  7. Ikki xonali son berilgan. Uning raqamlari yig'indisini aniqlovchi programma tuzilsin.
  8. Ikki xonali son berilgan. Uning raqamlari o’rnini almashtirishdan hosil bo'lgan sonni aniqlovchi programma tuzilsin.
  9. Uch xonali son berilgan. Uning yuzlar xonasidagi raqamini aniqlovchi programma tuzilsin.
  10. Uch xonali son berilgan. Oldin uni birliklar xonasidagi raqamni so'ng o'nliklar xonasidagi raqamni chiqaruvchi programma tuzilsin.
  11. Uch xonali son berilgan. Uning raqamlar yig'indisini aniqlovchi programma tuzilsin.
  12. Uch xonali son berilgan. Uning raqamlarini teskari tartibda yozishdan hosil bo'lgan sonni aniqlovchi program tuzilsin.
  13. Uch xonali son berilgan. Uning chapdan birinchi raqamini o’chirib o'ng tarafiga yozishdan hosil bo'lgan sonni aniqlovchi programma tuzilsin.
  14. Uch xonali son berilgan. Uning o'ngdan birinchi raqamini o’chirib chap tarafiga yozishdan hosil bo'lgan sonni aniqlovchi programma tuzilsin.
  15. Uch xonali son berilgan. Uning o'nliklar xonasidagi raqam bilan yuzliklar xonasidagi raqamni almashtirishdan hosil bo'lgan sonni aniqlovchi programma tuzilsin. (Kirish =123; Natija = 213)
  16. Uch xonali son berilgan. Uning o'nliklar xonasidagi raqam bilan birliklar xonasidagi raqamni almashtirishdan hosil bo'lgan sonni aniqlovchi programma tuzilsin. (Kirish =123; Natija = 132)
  17. 999 dan katta bo'lgan son berilgan. Bir marta bo'lib butunni va bo'lib qoldiqni olish operatsiyasidan foydalanib berilgan sonni yuzliklar xonasidagi sonni aniqlovchi programma tuzilsin.
  18. 999 dan katta bo'lgan son berilgan. Bir marta bo'lib butunni va bo'lib qoldiqni olish operatsiyasidan foydalanib berilgan sonni mingliklar xonasidagi sonni aniqlovchi programma tuzilsin.
  19. Kun boshidan boshlab N sekund vaqt o'tdi. Kun boshidan boshlab qancha minut to’la o'tganligini aniqlovchi programma tuzilsin.
  20. Kun boshidan boshlab N sekund vaqt o'tdi. Kun boshidan boshlab qancha to’la soat o'tganligini aniqlovchi programma tuzilsin.

Mantiqiy turlarga doir

  1. A butun soni berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “A soni musbat".
  2. A butun soni berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “A soni toq son".
  3. A butun soni berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “A soni juft son".
  4. Ikkita butun A va В sonlari berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: ”A>2 va B<=3".
  5. Ikkita butun A va В sonlari berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “A >= 0 yoki В < -2"
  6. Uchta А, В, С butun sonlar berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “A <= В <= С"
  7. Uchta А, В, С butun sonlar berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “B soni A va С sonlari orasida yotadi".
  8. Ikkita butun A va В sonlari berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: ”A va В sonlari toq sonlar".
  9. Ikkita butun A va В sonlari berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “A va В sonlarning hech bo’lmaganda bittasi toq son".
  10. Ikkita butun A va В sonlari berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: ”A va В sonlarning faqat bittasi toq son".
  11. Ikkita butun A va В sonlari berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “A va В sonlarining har ikkalasi ham yoki toq son yoki juft son".
  12. Uchta А, В, С butun sonlar berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “А, В, С sonlarning har biri musbat".
  13. Uchta А, В, С butun sonlar berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “А, В, С sonlarning hech bo’lmaganda bittasi musbat".
  14. Uchta А, В, С butun sonlar berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “А, В, С sonlaridan faqat bittasi musbat son”.
  15. Uchta А, В, С butun sonlar berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “А, В, С sonlardan faqat ikkitasi musbat son".
  16. Musbat butun son berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “Berilgan son ikki xonali juft son".
  17. Musbat butun son berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “Berilgan son uch xonali toq".
  18. Jumlani rostlikka tekshiring: “Berilgan uchta butun sonlarning hech bo’lmaganda 2 tasi bir birigateng".
  19. Jumlani rostlikka tekshiring: “Berilgan uchta butun sonlarning hech bo’lmaganda bir jufti o’zaro qarama-qarshi".
  20. Uch xonali son berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “Ushbu sonning barcha raqamlari xar xil".