Skip to content

Ma'lumotlar ombori

Ma'lumotlar ombori bu

Tartiblangan ma'lumotlarni saqlovchi va qayta ishlovchi axborot modeli hisoblanadi. Soddaroq qilib aytganda, bir xil turdagi axborotlarni o'zida saqlovchi va berilgan so'rovlar orqali ularni taqdim etuvchi model. Misol uchun, kitoblar javoni, bu ma'lumotlar ombori hisoblanadi, ya'ni bir xil turdagi(kitoblarni) obyektlarni o'zida saqlaydi, yoki bo'lmasa telefon raqamlar yozilgan kitobcha, bu yerda ism, telefon raqam kabi bir xil tipdagi ma'lumotlar saqlanadi, bu ham ma'lumotlar ombori.

Ma'lumotlar omborini boshqarish tizimi bu

Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) — bu dasturiy va apparat vositalarining murakkab majmui bo‘lib, ular yordamida foydalanuvchi ma’lumotlar bazasini yaratishi va shu bazadagi ma’lumotlar ustida ish yuritishi mumkin. MBBT o‘z maxsus dasturlash tillariga ham ega bo‘lib, bu tillarga buyruqli dasturlash tillari deyiladi. Ma'lumotlar omborini hosil qiluvchi, ma'lumotlarni qayta ishlovchi va qidiruvchi tizim hisoblanadi. Qisqa qilib aytganda, MOBT barcha jarayonlarni amalga oshiradi. Ma'lumotlar ombori faqat ma'lumotlarni saqlaydi, qolgan barcha ishlarni MOBT bajaradi.

Ma'lumotlar omboridagi ma'lumotlar, SQL so'rov tillari orqali boshqariladi, bu tilda MOBT'ga so'rov beriladi, bu so'rov u yerda qayta ishlanib, natija olish uchun ma'lumotlar omboriga murojaat qiladi, u yerdan so'rovga mos ma'lumotni olib, so'rovga javob beradi:


So'rov berish: SQL so'rov -> MOBT -> Ma'lumotlar ombori
Natija olish: Ma'lumotlar ombori -> MOBT — > So'rovga javob

Quyidagi dasturlar MBBT'ga misol bo'la oladi:

  • Oracle;
  • PostgreSQL
  • MongoDB
  • MySQL;
  • Microsoft Office Access;
  • Microsoft SQL Server;

Ma’lumotlarni boshqarish tizimi xossalari:

  • fayllar to‘plami mantiqiy kelishuvni quvvatlaydi;
  • ma’lumotlar ustida ish yuritish tili bilan ta’minlaydi;
  • har xil to‘xtalishlardan keyin ma’lumotlarni qayta tiklaydi;
  • bir necha foydalanuvchilarning parallel ishlashini ta’minlaydi.

Xulosa

Siz o'ylagan bu dasturlar, ma'lumotlar ombori emas, balki MOBT hisoblanadi. Ma'lumotlar ombori MOBT'ning bir qismidir, demak bu dasturlarni ishlatganda «ma'lumotlar ombori sifatida Oracle'ni tanladim» emas, balki «Ma'lumotlar omborini boshqarish tizimi sifatida Oracle'ni tanladim» to'g'ri bo'ladi. Bu qo'lanmada MongoDB MBBT haqida o'qishingiz va o'rganishingiz mumkin bo'ladi.