Skip to content

Birinchi dasturimiz

Go muhitini sozlash

Go dasturlash tilida dastur yozishimiz uchun bizga ikkita asosiy dasturlar kerak bo'ladi.

  • Matn muhariri
  • Go kompilyator

Matn muhariri

Kod yozish uchun matn muharirlari bizga yetarli. Misol uchun Windows operatsion tizimida mavjud Notepad, yoki VS Code, Sublime text kabi matn muharirlari. Linux OT uchun esa tizimda mavjud vim yoki vikabilar yetarli. Matn muharriri yordamida yaratilgan fayllar manba fayllar(source files) deb ataladi. Ular dasturning manba kodini(source code) o'z ichiga oladi. Go dasturlari uchun manba fayllar odatda .go kengaytmasi bilan nomlanadi.

Matn muhariri ni o'rnatish uchun quyidagi saytlardan biriga tashrif buyuring:

Go kompilyator

Manba faylida yozilgan manba kodi dastur uchun inson o'qiy oladigan manba hisoblanadi. Bizning protsessorimiz dasturni berilgan ko'rsatmalarga muvofiq amalga oshirishi uchun uni kompilyatsiya qilish va mashina tiliga aylantirish kerak. Go dasturlash tili kompilyatori manba kodini yakuniy bajariladigan dasturiga kompilyatsiya qiladi.

Go ni o'rnatish uchun ushbu saytga tashrif buyuring: https://go.dev/doc/install

Birinchi dastur

Kod muharirini oching va main.go faylga quyidagi kodni yozing.

main.go
1
2
3
4
5
6
7
8
package main

import "fmt"

func main(){
    /* bu birinchi dasturimiz */
    fmt.Println("Salom dunyo")
}

Ishga tushirish va Natija olish

Yuqoridagi dasturni ishga tushirish uchun termenalga quyidagi buyruqni kiriting.

go run main.go

Natija:

Salom dunyo

Dastur tuzilishi

Xo'sh yuqoridagi birinchi dasturimizda nimalarni yozdik? qanday ishladi? Keling shu savollarga javob berib ketsak.

  • Dasturning birinchi qatorida paket(package) nomi keltirilgan, bunday package nomi barcha go dasturlarida bo'lishi majburiy hisoblanadi. main package asosiy package hisoblanadi. Asosiy package dasturni ishga tushirish uchun hizmat qiladi.
  • Uchunchi qatorda fmt package dasturga chaqirilyapdi import buyrug'i yordamida. fmt package ekranga natija chiqarish va kiritish(I/O) uchun hizmat qiladi.
  • Dasturning beshinchi qatorida yozilgan main() bu asosiy funksiya hisoblanadi, dastur shu qismdan boshlab ishga tushadi. main() dan keyin kelgan { belgi main funksiyasini boshlang'ich chegarasi hisoblanadi.
  • Olti qatorida /* va */ orasida kelgan matn izoh deyiladi. Izohlar dastur ishlashi davomida inobatga olinmay ketiladi. Izohlarni dastur qismlarini izohlash uchun ishlatiladi.
  • Dasturning yettti qatorida berilgan fmt.Println("Salom dunyo") qism ekranga chop etiladigan qism hisoblanadi. Bu yerda biz fmt package ichida joylashgan Println() funksiyasi yordamida Salom dunyo so'zini ekranga chop qilyapmiz.
  • Dasturning sakkiz qatorida kelgan } belgi beshinchi qatorda boshlangan main funksiyasini tugash chegarasi hisoblanadi. Ushbu chegarada yozligan barcha amallar main funksiyasiga tegishli deb hisoblanadi.

Izohlar

Izohlar - dasturining ma'lum qismini tavsiflash uchun ishlatiladi va bu qatorda hech qanday amal bajarilmaydi, ya'ni programmaning biror qismini yaxshiroq tushuntirish uchun xizmat qiladi. Izoh /* va */ simvollari orasida beriladi. /* Bu yerga izoh yoziladi. */ Bundan tashqari bir satrli izohlardan ham foydalanish mumkin. Buning uchun izoh boshiga "//" belgisi qo'yiladi.