Request–Response modeli
Request–Response modeli — kompyuter fanida asosiy aloqa turi (communication pattern) bo'lib, tarmoqqa ulangan tizimlar va web-ilovalarda keng tarqalgan. U to'g'ridan-to'g'ri o'zaro ta'sirni tasvirlaydi. Bunda biror subyekt (odatda client) muloqotni boshlaydi va boshqa subyektga (server) so'rov yuboradi. Server esa bu so'rovni qayta ishlaydi va clientga javob qaytaradi.
medium.com/@algorithmsunlocks
Request–Response modelining asosiy xususiyatlari:
-
Client–Server o'zaro ta'siri: Client, server tomonidan taqdim etiladigan xizmatlardan foydalanadi.
-
Client tomonidan boshlanadi: Aloqa oqimi doimo clientning so'rovi bilan boshlanadi. Client o'zining ma'lumotga yoki serverda aniq amalni bajarishga bo'lgan ehtiyojini bildiradi server unga javob qaytaradi.
-
Sinxron yoki Asinxron bo'lishi mumkin: Ko'pincha bu model sinxron tarzda ishlatiladi (client server javobini kutadi). Ammo uni asinxron tarzda ham amalga oshirish mumkin, bunda client javobni kutish o'rniga boshqa vazifalarni bajaradi.
-
Ko'pincha stateless (holatsiz): Ko'pgina implementatsiyalarda (masalan, HTTP) client ham, server ham holatsiz bo'ladi. Demak, ular avvalgi o'zaro aloqalar haqida ma'lumotni saqlamaydi, balki har bir so'rov paytida holatlarni ko'rib chiqadi.
Qo'llaniladigan joylari:
Request–Response modeli turli yo'nalishlarda keng qo'llaniladi:
-
Web xizmatlar (HTTP/REST API): Masalan, brauzer web-sahifa so'raganda yoki dastur API bilan ishlaganda bu modeldan foydalaniladi.
-
Ma'lumotlar bazasi bilan ishlash: Client ma'lumotlar bazasiga so'rov yuboradi, server esa so'rovni bajaradi va natijani qaytaradi.
-
Operatsion tizim komponentlari: Masalan, qurilma drayverlari va fayl tizimi o'rtasida bo'ladigan muloqot ham shu modelga asoslanadi.
Misol
Keling, oddiy misol sifatida web-sahifa misolini olaylik:
- Foydalanuvchi brauzerga URL kiritadi (client).
- Brauzer web-serverga so'rov yuboradi.
- Server so'rovni qayta ishlaydi (masalan, kerakli sahifa ma'lumotlarini oladi).
- Server javob yuboradi, unda sahifa kontenti (HTML) bo'ladi.
- Brauzer sahifani foydalanuvchiga ko'rsatadi.