Ma’lumotlar bazasida ACID xususiyatlari
ACID (Atomicity, Consistency, Isolation, and Durability) bu — Atomlik, Muvofiqlik, Izolyatsiya va Chidamlilikni anglatadi. Ushbu mexanizm ma’lumotlar bazasi tranzaksiyalari aniqliligini, ishonchli va izchil bo’lishligini ta’minlaydi.
Tranzaksiya
Yagona ish birligi sifatida ishlaydigan ma’lumotlar bazasi so’rovlari to’plamiga tranzaksiya deb ataladi.
Atomlilik
Tranzaksiya operatsiyalari hammasi bajarilishligi yoki hech biri bajarilmasligi lozim. Agar tranzaksiyalarni bajarishda xatolik yuz bersa u avvalgi holatiga qaytarilishi (ROLLBACK) kerak.
Muvofiqlik
Ma’lumotlar bazasi tranzaksiyani amalga oshirishidan oldin va keyin yaxlitlik qoidalarini buzmasdan izchil holatda bo’lishi kerak.
Izolyatsiya
Bu ACIDdagi tushunishimiz kerak bo’lgan muhim xususiyatdan biri hisoblanadi. Agar parallel tarzda ishlaydidagan tranzaksiya mavjud bo’lsa, bitta tranzaksiya ikkinchi tranzaksiya natijasiga ta’sir o’tkaza olmaydi. Har bir tranzaksiya boshqa tranzaktsiyalar tomonidan o’zgartirilgan ma’lumotlarni ko’ra olmaydi. Bu ma’lumotlar bazasini parallellik muammolaridan himoya qiladi.
Chidamlilik
Chidamlilik amalga oshirilgan operatsiyalarimiz har qanday nosozlik yoki ma’lumotlar bazasida saqlanib qolishi kerakligini ta’minlaydi. Tizim ishlamay qolsa yoki quvvat uzilib qolgan taqdirda ham ma’lumotlarga kiritilgan o’zgarishlar saqlanib qolishi kerak. PostgreSQLda bu vazifani WAL (Write Ahead Logging) oldindan yozish jurnali amalga oshiradi. PostgreSQLda so’rovlar amalga oshirilganda ma’lumotlar dastlab xotiraga yoziladi va so’ngra diskka yoziladi. Bazada muammo yuzaga kelganda ushbu WAL jurnallari orqali tiklash amalga oshiriladi.
ACID xususiyatlari ma’lumotlarning izchilligi, aniqligi va xavfsizligini ta’minlash orqali ishonchli ma’lumotlar bazasi tizimini yaratish uchun zarurdir.