Skip to content

Shart operatori

Dastur tuzish davomida o'zgaruvchini qiymatiga qarab u yoki bu natijani qabul qilishga to'g'ri keladi. Bu o'z navbatida dasturni tarqmoqlanishiga olib keladi. Tarmoqlanishning qaysi qismi bajarilishi ayrim shartlarga qarab aniqlanadi. Bu tarmoqlarni boshqarish uchun shart operatori yordamga keladi.

img.png

Python dasturlash tilida shart operatori sentaksisi quyidagicha:

if shart:
    # operator1
else:
    # operator2

if agar, else aks holda ma'nolarini anglatadi. shart tekshirilishi lozim bo'lgan ifoda. Agar shart True(rost) bo'lsa operator1 bajariladi, aks holda ya'ni False(yolg'on) bo'lsa operator2 bajariladi. Quyida misollar bilan ko'rib chiqamiz.

Agar shart True bo'lsa:

shart = True

if shart:
    print("Operator1")
else:
    print("Operator 2")

Natija:

Operator 1

Aagar shart False bo'lsa:

shart = True

if shart:
    print("Operator1")
else:
    print("Operator 2")

Natija:

Operator 2

Misollar

1-misol

if 5 > 3:
    print("Shart to'g'ri")
Bu yerda if kalit so’zidan kiyin shart yozilyapdi ya’ni 5 va 3 sonlari taqqoslanyapdi. Bu yerda 5 soni 3 dan kata bo’lganligi sababli shart rost (True) qiymat qaytaryapdi natijada ekranga print() operatori bajarilyapdi. Agar taqqoslash amali > emas < bo’lganida print() operatori bajarilmasdi.

2-misol

a = 5
if a == 5:
    print('a 5 ga teng')

3-misol

# ma’lumotni klaviaturadan kirirtish
a = int(input('a = '))
if a < 5:
    print('beshdan kichik son')

4-misol

# else shart xato bo’lgan xol uchun
a = int(input('a = '))
if a < 10:
    print("o'ndan kichik son")
else:
    print("o'ndan katta son yoki o'nga teng")

5-misol

# bir nechta shartni tekshirish
a = int(input('Baxoyingiz? '))
if a == 5:
    print("A'lo baxo")
if a == 4:
    print("Yaxshi baxo")
if a == 3:
    print("Qoniqarli baxo")
if a == 2:
    print("Qoniqarsiz baxo")
else:
    print("Bunday baxolash mezoni yo'q")

6-misol

# bir nechta shartni tekshirish
a = int(input('raqam kiriting? '))
if a == 1:
    print('Dushanba')
elif a == 2:
    print('Seshanba')
elif a == 3:
    print('Chorshanba')
elif a == 4:
    print('Payshanba')
elif a == 5:
    print('Juma')
elif a == 6:
    print('Shanba')
elif a == 7:
    print('Yakshanba')
else:
    print('Bunday hafta kun yo\'q')

7-misol

# if operatorining qisqa ko’rinishi
a = 5
b = 6
print('a b dan kichik') if a < b else print('a b dan katta')

8-misol

# bir nechta shartlarni birlashtirish
a = int(input('son kiriting '))
if a <= 10 and a >= 0:
    print('10 va 0 orasidagi son')
elif a >= 10 and a <= 20:
    print('10 va 20 orasidagi son')
elif a < 0:
    print('Manfiy son')

9-misol

# sonni musbat yoki manfiyligini aniqlash
a = int(input('a = '))
if a > 0:
    print('musbat')
else:
    print('manfiy')

10-misol

# sonni juft yoki toqligini aniqlash
a = int(input('a = '))
if a % 2 == 0:
    print('juft son')
else:
    print('toq son')

11-misol

# ikkita sondan kattasini aniqlovchi dastur
a = int(input('a = '))
b = int(input('b = '))
if a > b:
    print('a katta b dan')
elif a < b:
    print('b katta a dan')
else:
    print('ikkalasi teng')

Yuqorida berilgn barcha misollarni o'zingiz mustaqil ishlab chiqing, ishlash davomida o'zgartirish kiritib natijada qanday o'zgarish bo'lgani va sabablarini tushinishga harakat qiling. Keyingi bo'limda mustaqil ishlash uchun misollar berilgan, ularni o'zingiz mustaqil ishlang.