Pythonda operatorlar
Arifmetik operatorlar
Arifmetik operatorlar asosan matematik hisob kitoblarni amalga oshirish uchun hizmat qiladi ya'ni ikkita sonni qo'shish, ayirish ko'paytirish, bo'lish, darajaga oshirish kabi. Quyida Pythonda matematik operatorlar ro'yxati jadval ko'rinishida keltirilgan.
Operator | Ta'rif | Misol |
---|---|---|
+ | Qo'shish | 5 + 3 |
- | Ayirish | 5 - 3 |
* | Ko'paytirish | 5 * 3 |
/ | Bo'lish | 5 / 3 |
// | Bo'lish va butun qismini olish | 5 // 3 |
% | Qoldiqli bo'lish | 5 % 3 |
** | Darajaga oshirish | 5 ** 3 |
Misollar
Matematik amallarga misollar kelirib o'tdik. Bu amallarni o'zingizni kompyuteringzda ishlatib ko'ring va tushunishga harkat qiling.
Inkrement va Dekrement
Barcha dasturlash tillarida o'zgaruvchi qiymatini oshirish va kamaytirishning samarali usullari mavjud. Ular inkrement (oshirish) va dekrement (kamaytirish) amallaridir. Python dasturlash tilida bu amallar quyidagicha amalga oshiriladi.
Yoki:
E'tibor bergan bo'lsangiz ikkinchi misolimizda a = a + 3
o'rniga a += 3
yozdim ikkalasi bir xil vazifani bajaradi. Ikkinchisi qisqa ko'rinishi.
Quyida bu kabi operatorlar bilan tanishib chiqamiz.
Tayinlash operatorlari
Tayinlsh operatori biror o'zgaruvchiga qiymat tayinlash uchun hizmat qiladi. Aytaylik bizda a
o'zgaruvchisi bor unga biz 5
qiymatni tayinlamoqchimiz u quyidagicha amalga oshiriladi.
Operator | Ta'rif | Misol | Ekvivalent |
---|---|---|---|
= | Tayinlash | x = 5 | |
+= | Qo'shish va tayinlash | x += 3 | x = x + 3 |
-= | Ayirish va tayinlash | x -= 2 | x = x - 2 |
*= | Ko'paytirish va tayinlash | x *= 4 | x = x * 4 |
/= | Bo'lish va tayinlash | x /= 2 | x = x / 2 |
//= | Butun bo'lish va tayinlash | x //= 3 | x = x // 3 |
%= | Qoldiqli bo'lish va tayinlash | x %= 2 | x = x % 2 |
**= | Darajaga oshirish va tayinlash | x **= 3 | x = x ** 3 |
Misollar
Munosabat operatorlar
Munosbata operatorlari ikki ifodani solishtirish uchun ishlatiladi. Misol uchun a
o'zgaruvchisi bilan b
o'zgaruvchisi qanday munosabatda a
kattami yoki b
, yoki tengmi?
Shu munosabatlarni aniqlash uchun kerak bo'ladi. Munosabat amallari ikki xil qiymat qaytaradi bular True(rost)
va False(yolg'on)
. Bu qiymatlar mantiqiy(bool) turida bo'ladi.
Ma'lumot turlari haqida o'tgan Ma'lumot turlari mavzusida gaplashganmiz. Quyida boshqa operatorlar va misollar keltirib o'tdim.
Operator | Ta'rif | Misol | Natija (Boolean) |
---|---|---|---|
== | ga tenglik | x == y | Agar x, y ga teng bo'lsa True, aks holda False natija chiqadi |
!= | ga teng emas | x != y | Agar x, y ga teng bo'lmasa True, aks holda False natija chiqadi |
> | dan katta | x > y | Agar x, y dan katta bo'lsa True, aks holda False natija chiqadi |
< | dan kichik | x < y | Agar x, y dan kichik bo'lsa True, aks holda False natija chiqadi |
>= | dan katta yoki teng | x >= y | Agar x, y dan katta yoki teng bo'lsa True, aks holda False natija chiqadi |
<= | dan kichik yoki teng | x <= y | Agar x, y dan kichik yoki teng bo'lsa True, aks holda False natija chiqadi |
Misollar
Mantiqiy operatorlar
Mantiqiy operatorlar matematik operatorlar kabi faqat asosiy farqi mantiqiy operatorlar sonlar utida emas mantiqiy turlar ustida amallar bajaradi. Biz yuqorida munosabat operatorlari bo'limida quyidagilarni aytib o'tgan edik.
Munosabat amallari ikki xil qiymat qaytaradi bular True(rost)
va False(yolg'on)
.
Bu qiymatlar mantiqiy(bool) turida bo'ladi.
Mantiqiy operatorlar yuqorida aytilgan True
va False
qiymatlar ustida amallar bajaradi.
Quyidagi jadvalda mantiqiy operatorlar va ularga misollar keltirilgan.
Operator | Ta'rif | Misol | Natija (Boolean) |
---|---|---|---|
and | mantiqiy ko'paytirish(AND) | x and y | Agar ikkala x va y rost(True) bo'lsa rost(True), aks holda yolg'on(False) |
or | mantiqiy qo'shish(OR) | x or y | x va y larning biri True bo'lsa True, aks holda False natija bo'ladi. |
not | mantiqiy inkor(NOT) | not x | x True bo'lsa False, x False bo'lsa True natija bo'ladi. |
Mantiqiy operatorlarga ta'rif
- not (inkor qilish) - mantiqiy operatori mantiqiy ifodalar yoki o'zgaruvchilar oldidan qo'yiladi. Mantiqiy ifoda yoki o'zgaruvchining qiymatini teskarisiga o'zgartiradi.
- and (Mantiqiy ko'paytirish) - mantiqiy operatori ikkita mantiqiy o'zgaruvchini birlashtiradi. Agar ikkala o'zgaruvchi ham rost qiymatga ega bo'lsa natija rost, aks holda yolg`on natija beradi.
- or (mantiqiy qo'shish) - mantiqiy operatori ikkita mantiqiy o'zgaruvchini birlashtiradi. Agar o'zgaruvchilardan kamida bittasi rost qiymatga ega bo'lsa natija rost, aks holda yolg`on natija beradi.
Mantiqiy inkor(not) jadvali
X | not X |
---|---|
False | True |
True | False |
Mantiqiy qo'shish(or) va ko'paytirish(and) jadvali
X | Y | X and Y | X or Y |
---|---|---|---|
False | False | False | False |
False | True | False | True |
True | False | False | True |
True | True | True | True |
Misollar
Boshqa misollar
- A butun soni berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “A soni musbat".
- A butun soni berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “A soni toq son".
- A butun soni berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “A soni juft son".
- Ikkita butun A va В sonlari berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: ”A>2 va B<=3".
- Ikkita butun A va В sonlari berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “A >= 0 yoki В < -2"
Identifikatsiya operatorlar
Operator | Ta'rif | Misol | Natija (Boolean) |
---|---|---|---|
is | True qiymat qaytaradi, qachonki ikkala operand bir xil bo'lsa. | x is y | Agar x va y bir xil ob'ektga tegishli bo'lsa, rost, aks holda False |
is not | Ikkala operand bir xil obyekt bo'lmasa, True qiymatini qaytaradi | x is not y | Agar x va y bir xil ob'ektga tegishli bo'lmasa, True, aks holda False |
Misollar:
Bitwise operatorlar
Operator | Ta'rif | Misol |
---|---|---|
& | Bitwise AND | x & y |
^ | Bitwise XOR | x ^ y |
~ | Bitwise NOT (complement) | ~x |
<< | Left Shift | x << n |
>> | Right Shift | x >> n |
| | OR | x | y |
Misollar
Yuqorida keltirilgan misollarni hozir yaxshi tushunolmasligingiz mumkin, hozircha bunday bo'lishi tabiy. Darslar davomida har biriga misollar ko'ramiz. Hozircha nomlanishi va qanday foydalanishini bilib olsangiz yetarli.