Skip to content

Matimatik amallarni Python bilan ishlatish.

Barcha dasturlash tillarida ko'plab tayyor kutubxonalarga ega, shu qatori Python ham. Bugun Pythonda matematik kutubxonasidan qanday foydalanish, qanday imkoniyatlari borligini ko'rib chiqamiz.

Matematik funksiyalardan foydalanish uchun shu funksiyalar joylashgan math kutibxonsini dasturimizga qo’shishimiz kerak bu quyidagicha amalga oshiriladi.

Dasturga qo'shish

Kutubxonadan foydalanishim uchun, biz foydalanmoqchi bo'lgan kutubxonani dasturimizga import qilib qo'shishimiz kerak. Odatda barcha kutubxona yoki modullar dasturning eng yuqori qismida chaqiriladi.

U quyidgi tartibda amalga oshiriladi:

import math

Biz matematik kutibxonani qo’shish orqali bir qator matematik operatsiyalarni osongina bajarishimiz mumkin. Matematik kutibxonaga bizni ishimizni osonlashtiradigan tayyor funksiyalar joylashtirilgan.

Kutubxona funksiyalari

Funksiyala Ta'rif Misol
math.ceil(x) Katta butun songa yaxlitlaydi math.ceil(5.5) = 6
math.fabs(x) Sonning moduli math.fabs(-9.4) = 9.4
math.floor(x) Kichik butun songa yaxlitlaydi math.floor(5.5) = 5
math.exp(x) e^x math.exp(2) = e^2
math.log(x, [n]) n asosli logorifm math.log(5, 2) = log2(5)
math.log10(x) O’nli logorifm math.log10(5) = log10(5)
math.sqrt(x) Kvadrat ildiz
math.cos(x) cos(x)
math.sin(x) sin(x)
math.tan(x) tan(x)
math.pow(x, y) x^y math.pow(5, 2) = 25.0

Misollar

import math
print(math.ceil(5.5))
print(math.floor(5.5))
print(math.fabs(-13))
print(math.exp(2))
print(math.sqrt(2))
print(math.pow(2,3))
print(math.log10(10))
print(math.log(9,3))
print(math.sin(math.pi / 2))
print(math.cos(math.pi))

Natija:

6
5
13.0
7.38905609893065
1.4142135623730951
8.0
1.0
2.0
1.0
-1.0