Mantiqiy operatorlar
Mantiqiy operatorlar
Mantiqiy operatorlar matematik operatorlar kabi, asosiy farqi mantiqiy operatorlar sonlar usida emas mantiqiy turlar ustida
amallar bajaradi. Mantiqiy turlar True
av False
qiymatlarni qabu qiladi.
Mantiqiy operatorlar yuqorida aytilgan True
va False
qiymatlar ustida amallar bajaradi.
Quyidagi jadvalda mantiqiy operatorlar va ularga misollar keltirilgan.
Operator |
Ta'rif |
Misol |
Natija (Boolean) |
and |
mantiqiy ko'paytirish(AND) |
x and y |
Agar ikkala x va y rost(True) bo'lsa rost(True), aks holda yolg'on(False) |
or |
mantiqiy qo'shish(OR) |
x or y |
x va y larning biri True bo'lsa True, aks holda False natija bo'ladi. |
not |
mantiqiy inkor(NOT) |
not x |
x True bo'lsa False, x False bo'lsa True natija bo'ladi. |
Mantiqiy operatorlarga ta'rif
- not (inkor qilish) - mantiqiy operatori mantiqiy ifodalar yoki o'zgaruvchilar oldidan qo'yiladi. Mantiqiy ifoda yoki o'zgaruvchining qiymatini teskarisiga o'zgartiradi.
- and (Mantiqiy ko'paytirish) - mantiqiy operatori ikkita mantiqiy o'zgaruvchini birlashtiradi. Agar ikkala o'zgaruvchi ham rost qiymatga ega bo'lsa natija rost, aks holda yolg`on natija beradi.
- or (mantiqiy qo'shish) - mantiqiy operatori ikkita mantiqiy o'zgaruvchini birlashtiradi. Agar o'zgaruvchilardan kamida bittasi rost qiymatga ega bo'lsa natija rost, aks holda yolg`on natija beradi.
Mantiqiy inkor(not) jadvali
X |
not X |
False |
True |
True |
False |
Mantiqiy qo'shish(or) va ko'paytirish(and) jadvali
X |
Y |
X and Y |
X or Y |
False |
False |
False |
False |
False |
True |
False |
True |
True |
False |
False |
True |
True |
True |
True |
True |
Misollar
| # Mantiqiy ko'paytirish(AND)
result_and = (True and False)
print("Mantiqiy ko'paytirish(AND):", result_and)
# Mantiqiy qo'shish(OR)
result_or = (True or False)
print("Mantiqiy qo'shish(OR):", result_or)
# Mantiqiy inkor(NOT)
result_not = not True
print("Mantiqiy inkor(NOT):", result_not)
|
Boshqa misollar
- A butun soni berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “A soni musbat".
- A butun soni berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “A soni toq son".
- A butun soni berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “A soni juft son".
- Ikkita butun A va В sonlari berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: ”A>2 va B<=3".
- Ikkita butun A va В sonlari berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “A >= 0 yoki В < -2"
Munosabat operatorlar
Munosbata operatorlari ikki ifodani solishtirish uchun ishlatiladi. Misol uchun a
o'zgaruvchisi bilan b
o'zgaruvchisi qanday munosabatda a
kattami yoki b
, yoki tengmi?
Shu munosabatlarni aniqlash uchun kerak bo'ladi. Munosabat amallari ikki xil qiymat qaytaradi bular True(rost)
va False(yolg'on)
. Bu qiymatlar mantiqiy(bool) turida bo'ladi.
Ma'lumot turlari haqida o'tgan Ma'lumot turlari mavzusida gaplashganmiz. Quyida boshqa operatorlar va misollar keltirib o'tdim.
Operator |
Ta'rif |
Misol |
Natija (Boolean) |
== |
ga tenglik |
x == y |
Agar x, y ga teng bo'lsa True, aks holda False natija chiqadi |
!= |
ga teng emas |
x != y |
Agar x, y ga teng bo'lmasa True, aks holda False natija chiqadi |
> |
dan katta |
x > y |
Agar x, y dan katta bo'lsa True, aks holda False natija chiqadi |
< |
dan kichik |
x < y |
Agar x, y dan kichik bo'lsa True, aks holda False natija chiqadi |
>= |
dan katta yoki teng |
x >= y |
Agar x, y dan katta yoki teng bo'lsa True, aks holda False natija chiqadi |
<= |
dan kichik yoki teng |
x <= y |
Agar x, y dan kichik yoki teng bo'lsa True, aks holda False natija chiqadi |
Misollar
| # Teng
result_equal = (5 == 5)
print("Teng:", result_equal)
# Teng emas
result_not_equal = (7 != 3)
print("Teng emas:", result_not_equal)
# Dan katta
result_greater_than = (10 > 5)
print("Dan katta:", result_greater_than)
# Dan kichik
result_less_than = (3 < 8)
print("Dan kichik:", result_less_than)
# Dan katta yoki teng
result_greater_equal = (6 >= 6)
print("Dan katta yoki teng:", result_greater_equal)
# Dan kichik yoki teng
result_less_equal = (4 <= 9)
print("Dan kichik yoki teng:", result_less_equal)
|