O'zgaruvchilar va O'zgarmas(const)
O'zgaruvchi - xotiraning nomlangan qismi bo'lib, o'zida ma'lum bir toifadagi qiymatlarni saqlaydi. O'zgaruvchining nomi va qiymati bo'ladi. O'zgaruvchining nomi orqali qiymat saqlanayotgan xotira qismiga murojaat qilinadi. Dastur ishlashi jarayonida o'zgaruvchining qiymatini o'zgartirish mumkin. O'zgaruvchining qiymati, o'z nomi bilan aytib turibdiki, o'zgarishi mumkin. Unda xohlagan qiymatni saqlash mumkin. O'zgaruvchilar kompyuter xotirasidagi joy bo'lib, u yerda siz biror ma'lumotni saqlaysiz. O'zgaruvchini dastur ishlashi davomida(run time) murojaat qilib, uning qiymatini o'zgartira olamiz.
O'zgarmaslar (const)
Hisoblash jarayonida qiymatini o'zgartirmaydigan kattaliklarga aytiladi. O'zgarmasga(const) oldindan ma'lum bir qiymat beriladi va bu qiymatni o'zgartirib dastur ishlashi davomida bo'lmaydi. Lekin Pythonda o'zgarmaslarni qo'shish mavjud emas. Agar o'zgarmas qo'shish kerak bo'lsa KATTA(uppercase) harflardan foydalanish tavfsiya qilinadi. Umuman olganda barcha dasturlash tillariida o'zgarmaslarni KATTA(uppercase) bilan e'lon qilish tavfsiya qilinadi.
Identifikator
Dasturchi tomonidan dastur elementlari (funksiya, o'zgaruvchilar, o'zgarmaslar …) uchun ixtiyoriy tanlangan nom.
Identifikator tanlaganda quyidagilarga ahamiyat berish kerak:
- O'zgaruvchining birinchi belgisi alifbo harfi yoki “_” (ostki chiziq) simvoli bo'lishi kerak.
- O'zgaruvchilarning qolgan qismi harflardan “_" (ostki chiziq) simvoli va raqamlardan(0-9) tashkil topishi mumkin.
- O'zgaruvchilar nomlashda katta va kichik registrlar farqlanadi. Masalan, myname va myName – bular boshqa-boshqa o'zgaruvchi hisoblanadi.
- Pythonda o'zgaruvchini e'lon qilish, o'zgaruvchiga birinchi marta qiymat bergan paytda yaratiladi.
- Pythonda o'zgaruvchilarni biron bir turda(int, float, string) e'lon qilish shart emas. Python dinamik til bo'lgani uchun turlarni o'zgaruvchi qiymatiga qarab aniqlaydi va dastur ishlashi davomida boshqa turda qiymat bilan o'zgartirish orqali turni o'zgartirishi mumkin.
Pythonda zahiraga olingan kalit so'zlar mavjud, bu kalit so'zlardan identifikator sifatida foydalanish mumkin emas. Quyida Pythonni zaxira kalit so'zlari keltirilgan:
Kalit so'zlar | Kalit so'zlar | Kalit so'zlar | Kalit so'zlar |
---|---|---|---|
and | as | assert | async |
await | break | class | continue |
def | del | elif | else |
except | False | finally | for |
from | global | if | import |
in | is | lambda | None |
nonlocal | not | or | pass |
raise | return | True | try |
while | with | yield |