Skip to content

Izohlar

Izohlar barcha dasturlash tillarida mavjud. Izohlarning asosiy vazifasi dastur kodlarini vazifasiga qarab izohlash. Chunki dastur kattalashib borgan sari tushunish qiyinlashib boradi, agar kodlar izohlar bilan yozilmasa keyingi o'zgarishlash salbiy ta'sir qiladi.

Izoh

Izoh - Dastur ishlashi davomida inobatga olinmaydigan dasurning qismi.

Pythonda izohlar

Python dasturlash tilida izohlardan quyidagi tartibda foydalaniladi.

1
2
3
4
5
6
# Bu dastur a va b ni qo'shish dasturi
a = 5
b = 3
c = a + b
# Ekranga 8 chiqadi
print("Natija:", c)

Yuqoridagi dasturda 1 chi va 5 chi qatorlar izoh hisoblanadi. Dastur ishga tushirilganidan so'ng, dastur ishlashiga hech qanday ta'sirini ko'rsatmaydi. # belgisi bilan qo'shilgan izoh bir qatorli izoh deyiladi. Ya'ni faqat o'zi joylashgan qatorgagina ta'sir qiladi. Pythonda bir necha qatorli izohlar quyidagicha amalga oshiriladi.

1
2
3
4
5
6
7
8
9
"""
Bu bir necha qatorli izoh.
Dasturni ishlatib ko'ring.
"""
a = 5
b = 3
c = a + b
# Ekranga 8 chiqadi
print("Natija:", c)

Menimcha izohlar tushunarli bo'ladi. Darslar davomida izohlardan muntazam foydalanishga harakat qilamiz.