Skip to content

Array(massiv)

Array - bu bir xil toifali, chekli qiymatlarning tartiblangan to'plamidir(Array o'zbek tilida massiv deb yuritiladi). Massivlarga misol qilib matematika kursidan ma'lum bo'lgan vektorlar, matritsalarni ko'rsatish mumkin.

Massivlarga hayotdan misol qilib biror tuman yoki shaharlarning qaysidir kichik hududlarida bir xil turda qurilgan, aholi yashash punktlarini olishimiz mumkin. Ba'zi yangiliklarda massiv deb atalishini ko'p eshtganmiz, misol uchun Chilonzor massivi,Yunusobod-19 massivi v.k kabi. Bu misolimizda ya'ni Yunusobod-19 massivida joylashgan ko'p qavatli uylarni massivlar deb olsak, har bir xonadan o'z raqamiga ya'ni indexiga ega. Har bir raqamga ega xonadonda esa xonadon egalari istiomat qilishiadi ularni massiv elementlari deb qarashimiz mumkin.

Array quyidagi ko'rinishda bo'ladi:

Index 0 1 2 3
Elements 1 2 3 4

Yuqoridagi berilgan array elementlariga indexorqali murojaat qilamiz. Bu yerda index tartibi, elemtlari esa usha tartibda joylashgan qiymat hisoblanadi.