Skip to content

Dasturlash va Dasturchi

Dasturlash - bu sizning biror bir muammoni hal qilish uchun kompyuterning ulkan imkoniyatlarini foydalanish qobiliyati. Buning uchun siz kompyuterga buyruq bera olishingiz kerak. Lekin bu eshitilganchalik oson ish emas. Kompyuter masalani hal qilishda har qanday insondan tez lekin u insonchalik “farosatli” emas. Masalan, Ukangiz yoki singlingizga juda oddiy tuyulgan choy damlashni 2 ogʻiz soʻz bilan buyurasiz. Kompyuterga bunday sodda buyruq ketmaydi: choy damlash qanaqa jarayon ekanligini tushuntirishingiz, vazifani bajarish jarayonida qanday detallardan qay tarzda foydalanishni ikir-chikirigacha tushuntirishingiz kerak. Sodda qilib aytganda dasturlash bu kompyuterga buyruqlar berishdir.

Dasturchi

Dasturchi - so'zi o'zbek tilida "dastur tuzuvchi" yoki "kompyuter dasturlarini yozuvchi" degan ma'noni anglatadi. Bu so'z, kompyuter dasturlarini tuzish, yozish va rivojlantirish bilan shug'ullanuvchi mutaxassisni ifodalaydi. Dasturchilar, turli dasturlash tillarida ko'plab vazifalarni bajaradilar, masalan, veb-saytlar yaratish, mobil ilovalar tuzish, ilova tizimlarini ishga tushirish, kompyuter o'yinlari yaratish va boshqalar.